Сайт работает в тестовом режиме

Korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish

“Madad Invest Bank” ATB o‘z faoliyatini shaffoflik, qonuniylik va mas’uliyat tamoyillariga asoslangan holda olib boradi hamda korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz pozitsiyani egallaydi.

 

Boshqaruv Raisining murojaati

 

Hurmatli hamkasblar, mijozlar va hamkorlar!

 

"Madad Invest Bank" ATB o‘z faoliyatini shaffoflik, qonuniylik, ochiqlik va shaxsiy mas’uliyat tamoyillariga asoslanib amalga oshiradi.

Korrupsiyaga qarshi kurash bank uchun faqat nazorat mexanizmi emas, balki korporativ madaniyatning ajralmas qismi va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan doimiy majburiyatdir.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan institutsional islohotlar, jumladan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida”gi qonunlar moliya sektorida shaffoflik va ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Asosiy tamoyillar

— korrupsion xavflarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish;

— manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, baholash va boshqarish;

— inson omili ta’sirini kamaytirish va xodimlar mas’uliyatini kuchaytirish;

— xizmat etikasi va halollik standartlariga qat’iy rioya qilish;

— ichki nazorat, audit va monitoring tizimlarini uzluksiz takomillashtirish.

 

"Madad Invest Bank" ATB har qanday korrupsiya holatlariga mutlaqo yo‘l qo‘ymaydi, manfaatlar to‘qnashuvini qabul qilmaydi va mijozlar hamda hamkorlar ishonchini eng muhim qadriyat deb biladi.


Hurmat bilan, 
Bank Boshqaruv Raisi

 

 

Qonunbuzarliklar haqida xabar berish

Hurmatli mijoz!
Agar siz bank faoliyatida korrupsiya, firibgarlik, vakolatlarning suiiste’mol qilinishi yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga duch kelsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin:

Ishonch telefoni: +998 (55) 510-44-44 (3007)
Elektron pochta: compliance@my-bank.uz

 

Shuningdek, quyida joylashgan elektron murojaat shaklini to‘ldirish orqali o‘z murojaatingizni qulay va tezkor tarzda yuborishingiz mumkin. Taqdim etilgan ma’lumotlar maxfiylik talablari asosida ko‘rib chiqiladi.